maqola MAKTAB FIZIKA TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH BO‘YICHA XORIJ TAJRIBASI VA ASOSIY YO‘NALISHLAR
MAKTAB FIZIKA TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH BO‘YICHA XORIJ TAJRIBASI VA ASOSIY YO‘NALISHLAR
Ключевые слова:
sun'iy intellekt, internet, maktab kursi, fizikaАннотация
Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimini, jumladan, fizika
kabi ayrim fanlarni o‘qitishni takomillashtirishda yangi imkoniyatlar ochadi. Fizika o‘quv fani
maktabda tabiiy yo‘nalishdagi asosiy fanlardan biri sifatida qaraladi. Ushbu o‘quv fanini
o‘zlashtirish o‘quvchilardan olimning fizik manzarasi, fundamental tushuncha va
konsepsiyalarnini atroflicha anglash, fizik masalalarni yechish, maktab laboratoriya tajribalarini
o‘tkaza olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirishni taqozo qiladi. Fizika
darslarida sun’i’y ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ushbu fanni o‘qitish samaradorligini
sezilarli darajada oshirishi, o‘quv jarayonini interfaol, individual yo‘naltirilgan va ilg‘or fan
yutuqlariga asoslangan holda takomillashgan ko‘rinishga keltirishi mumkin. Bir qancha xorijiy
davlatlarda maktab fizika ta’limiga sun’iy intellektni qo‘llash borasida qimmatli tajriba to‘plangan
bo‘lib, undan fizikani o‘qitishdagi ko‘plab metodik muammolarni samarali hal qilishda
foydalanilmoqda [Abbas et al., 2023: 36], [Adiguzel et al., 2022: 429]. Mazkur maqola
maktablarda fizika o‘qitishda sun’iy ta’limdan foydalanish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani har
atroflicha o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirishga bag‘ishlangan. Uning maqsadi asosiy
yo‘nalishlarni, muvaffaqiyatli amaliyot va tendensiyalarni aniqlash, shuningdek, fizika o‘qitishni
takomillashtirish uchun bu kabi tajribalarni mahalliy shart-sharoitga moslashtirish istiqbollarini
aniqlashdan iboratdir [2].