10-SINF FIZIKА DАRSLIGIDАGI “GRАVITАTSIYА MАYDОNIDАGI HАRАKАT” MАVZUSINI SUN’IY INTELLEKT ОRQАLI О‘RGАNISH
STUDYING THE TОPIC "MОVEMENT IN THE GRАVITАTIОNАL FIELD" IN THE 10TH GRАDE PHYSICS TEXTBООK THRОUGH АRTIFICIАL INTELLIGENCE
Keywords:
Fizika kursi, sun’iy intellekt, axborot texnologiya, internet, umumiy o‘rta ta’lim.Abstract
Bugungi globallashuv jarayoni jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrda an’anaviy axborot va kommunikatsion texnologiyalar sifat jihatdan
yangi bosqichga ko‘tarilib, ko‘pgina sohalarda yangicha yondashuvlarni qo‘llash imkonini bermoqda. Zamonaviy ta’lim muhitida maktab fizika
darslarida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini faollashtirish uchun yangicha yondashuv va metodlarni izlab topish zarurati mavjud. Jahonda sun’iy
intellekt kishilar hayotini yengillashtirish va iqtisodiy hayotni rivojlantirishga xizmat qiladigan texnologiya sifatida qabul qilingan. Shu nuqtai
nazardan so‘nggi yillarda sun’iy intellektdan ijtimoiy tuzilmaning turli sohalarida, jumladan ta’limda ham keng foydalanilmoqda. Hozirgi kunda
har sohada sun’iy intellekt texnologiyalari kirib kelmoqda. Bu texnologiya inson bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarni yoki tajribalarni kam vaqt
sarflagan holda aniq natijalarni chiqarib bermoqda. Bu esa kelajakda juda qisqa vaqtda samarali natijalarga erishish imkonini beradi.
Boshqacharoq qilib aytganda sun’iy intellekt texnologiyalari kelajak texnologiyasi sifatida qaralmoqda. Ushbu maqolada 10 – sinf fizika
darsligidagi 3 – mavzu “Gravitatsiya maydonidagi harakat”. Mavzusini tushuntirishda va masalalarni yechishda sun’iy intellektdan foydalangan
holda qanday yechish namunalari va har bir sayyora uchun kosmik tezliklarni hisoblash berib o‘tilgan.